KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-yil 12-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ishchi-xodimlar hamda o‘qituvchilar ishtirokida kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Urganch shahar IIB JHHHPB leytenantlari Muhtaram Raximbayeva hamda Azamat Raximbayev tomonidan ishtirokchilarga bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda turli xil internet firibgarliklaridan ogoh bo‘lish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi haqida tushuntirish berilib, uning imkoniyatlari va xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar yetkazildi. Ishchi-xodimlar va o‘qituvchilarning mobil qurilmalariga mazkur ilovani yuklab olish va o‘rnatish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Ishtirokchilarga noma’lum havolalarga kirmaslik, shubhali fayl va ilovalarni yuklab olmaslik, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik, shuningdek, internet tarmog‘idan foydalanishda doimo hushyor va ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan tegishli javob va tavsiyalar oldilar.
Mazkur tadbir ishchi-xodimlar va o‘qituvchilarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, internet makonida xavfsiz faoliyat yuritish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kiberjinoyatchilik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.25-03-2026, 10:56
XAVFSIZ KIBERMAKON” SHIORI OSTIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI14-05-2026, 09:28
KIBERJINOYATCHILIK VA NARKOMANIYAGA QARSHI KURASH MAVZUSIDA TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI18-09-2026, 11:55
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT27-03-2026, 10:59
“Yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi2-06-2025, 17:00