Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

20-10-2026, 16:22
32
2026-yil 20-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kiberxavfsizlik bo‘yicha navbatdagi  targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB PPXB inspektorlari A. Annaxanov va I. Xudayberganov ishtirok etib, o‘quvchilarga internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberfiribgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish hamda turli internet tahdidlarining oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berdilar.
Shuningdek, o‘quvchilarga “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi haqida tushuntirish berilib, uning imkoniyatlari va xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Noma’lum manbalardan yuborilgan havola va fayllarni ochmaslik hamda shubhali ilovalarga shaxsiy ma’lumotlar va qurilma ruxsatlarini bermaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz