Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

17-10-2026, 16:15
36
2026-yil 17-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, o‘quvchilarning internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish hamda kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari I. Qaybayev hamda Sh. Pirjanovlar ishtirok etib, o‘quvchilarga bugungi kunda internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, kiberjinoyatlarning keng tarqalgan turlari va ularning oldini olish choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, tadbir davomida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari va hisob raqamlariga oid ma’lumotlarni begonalarga oshkor etmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, noma’lum shaxslardan kelgan xabar va qo‘ng‘iroqlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish hamda internetdan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarga kiberjinoyatchilikning oldini olishda hushyorlik, mas’uliyat va raqamli savodxonlik muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi. Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni internet tahdidlaridan himoya qilish hamda kibermakonda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz