Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

21-10-2026, 16:30
31
2026-yil 21-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi kutubxonasida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixi, boy lug‘at tarkibi, davlat tili sifatidagi maqomi, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni namoyon etishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmatni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz hamda ma’naviy merosimizga ehtirom ruhini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz