URGANCH ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI JAMOASI “UMUMMILLIY DIKTANT”DA ISHTIROK ETDI
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 21-oktabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar ishtirokida “Umummilliy diktant” o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi davlat tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, ishtirokchilarning imlo savodxonligini oshirish, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish hamda ona tilimizning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, imlo qoidalariga rioya qilish hamda savodli yozish bo‘yicha malakalarini namoyon etdilar. Ushbu loyiha davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, ona tilimizga bo‘lgan mehrni oshirish va milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga xizmat qildi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatimizdir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Ona tilim — millatim faxri” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi21-10-2026, 16:29
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi21-10-2026, 16:30
CHORSHANBA — SPORT KUNI!14-10-2026, 16:05
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!21-10-2026, 16:33
“Biz milliy liboslarimizni qadrlaymiz!”15-04-2026, 09:54