Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Milliy libos — bu tarix, qadriyat va g‘urur timsoli

Milliy libos — bu tarix, qadriyat va g‘urur timsoli

3-04-2026, 23:43
111
2026-yil 3-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida  1-bosqich talabalari ishtirokida “Milliy libos — bu tarix, qadriyat va g‘urur timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Unda milliy liboslarimizning boy tarixi, ularning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi.
Shuningdek, bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish har birimizning muhim vazifamiz ekani qayd etildi. 
Tadbir yakunida milliy liboslarimizni e’zozlash, ularni kundalik hayotda keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz