Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

21-10-2026, 16:33
30
2026-yil 21-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘zbek tilining beqiyos jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizni ulug‘lash maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha shukuh va tantana bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimizni anglash, xalqimizning boy tarixi va madaniyatini asrab-avaylash hamda kelajak avlodga yetkazishdagi beqiyos ahamiyati alohida ta’kidlandi. O‘zbek tilining nafisligi, so‘zlarining sehr-u jozibasi, qalblarga ezgulik va mehr ulashuvchi qudratini tarannum etgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbiri ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada mustahkamlab, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz