Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kiberxavfsizlikka befarq bo‘lmang!

Kiberxavfsizlikka befarq bo‘lmang!

22-10-2026, 16:37
35
2026-yil 22-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish va kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Urganch shahar IIB XPB kapitani Sh. Qodirov hamda XPB xodimlari Sh. Nunyazov va J. Jumaniyozov ishtirok etdilar.  Uchrashuv davomida ishtirokchilarga internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish hamda kiberjinoyatlarning turli ko‘rinishlaridan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning mobil qurilmalariga kiberxavfsizlikni ta’minlashga yordam beruvchi APK qo‘riqchi ilovalari o‘rnatilib, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz