Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » YOSHLARDA KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI

YOSHLARDA KIBERXAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI

15-10-2026, 16:10
38
2026-yil 15-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat IIB PPXB inspektorlari A. Annaxanov va I. Xudayberganov ishtirok etib, o‘quvchilarga bugungi kunda keng tarqalib borayotgan internet firibgarliklari, kiberjinoyatlarning turli ko‘rinishlari hamda ulardan himoyalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlarning huquqiy savodxonligi va kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirish, ularda internet muhitida mas’uliyatli va xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz