Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

3-10-2026, 14:55
37
2026-yil 3-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet va axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish hamda kibertahdidlar haqida tushuncha berishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “Kamolot” mahallasi profilaktika inspektori, katta leytenant B. Jumanazarov ishtirok etib, o‘quvchilarga bugungi kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyat turlari, ularning oldini olish choralari va internetdan foydalanish jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, begona shaxslarga pasport ma’lumotlari, bank karta raqami, SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni bermaslik, shubhali havolalarni ochmaslik hamda noma’lum dastur va fayllarni yuklab olmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz