Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » CHORSHANBA — SPORT KUNI!

CHORSHANBA — SPORT KUNI!

14-10-2026, 16:05
31
2026-yil 14-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Chorshanba — sport kuni” munosabati bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda talaba-yoshlar va pedagog xodimlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdan iborat.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarning kayfiyatini ko‘tarish, salomatligini mustahkamlash va kunni yuqori faollik bilan boshlashga xizmat qildi.
Texnikumda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Sog‘lom turmush tarzi — farovon hayot garovi!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz