Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kiberxavfsizlik — davr talabi: Ta'lim muassasasida  targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Kiberxavfsizlik — davr talabi: Ta'lim muassasasida  targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

16-10-2026, 16:12
23
oriy yilning 16-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlarni kiberjinoyatchilikdan ogoh etish hamda ularning raqamli savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati IIB JHXX JSTB PPXB inspektorlari I.Xudayberganov hamda  Yo.Imomaddinovlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar, jumladan, internet firibgarligi, bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdilar. 
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning mobil qurilmalariga kiberxavfsizlikni ta’minlashga yordam beruvchi APK qo'riqchi ilovalari o‘rnatilib, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz