Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » GIYOHVANDLIK — YOSHLAR KELAJAGIGA TAHDID!

GIYOHVANDLIK — YOSHLAR KELAJAGIGA TAHDID!

10-10-2026, 15:59
37
2026-yil 10-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning oldini olish hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar Adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari S.Berdikamolov  hamda  A.Bekchanovlar ishtirok etib, o‘quvchi-talabalarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati, oilaviy muhit va jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida giyohvandlikning og‘ir oqibatlari, uning yoshlar hayotiga yetkazadigan zarari, turli zararli illatlardan o‘zini himoya qilish, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda qonun talablariga rioya etishning muhimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz