Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri

24-09-2026, 13:16
37
2026-yil 24-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda turli yot va zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning targ‘ibot guruhi rahbari Z. Masharipova, targ‘ibot guruhi a’zosi Z. Allaberganova hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi S. Ishniyazova ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga hurmat va ularga qat’iy rioya qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri, xavfsiz va oqilona foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Internet tarmog‘ida uchraydigan yolg‘on axborotlar, zararli va buzg‘unchi g‘oyalar hamda ekstremistik mazmundagi materiallardan ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Yoshlarga internet orqali noqonuniy yoki taqiqlangan materiallarni saqlash va tarqatishning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyorlik, mas’uliyat va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz