Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Yangi maqom -  yangi marralar sari boshlangan sharafli yo‘l muborak  bo‘lsin!

Yangi maqom -  yangi marralar sari boshlangan sharafli yo‘l muborak  bo‘lsin!

25-04-2025, 19:21
13
Hurmatli  Rashid Yusupovich! Qadrli Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali fidoiy xodimlari!

Siznlari tantanali va tarixiy voqea - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etilayotgani bilan samimiy tabriklaymiz! 
Ushbu muhim voqea viloyatimiz  tibbiyot ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimidagi yana bir ulkan yutuqdir.
Ishonamizki, bu muhim qadam nafaqat viloyatimiz , balki butun respublikamiz tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va  munosib kadrlarni etishtiruvchi yetakchi maskanga aylanadi. 
Yangi yo‘nalishdagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy - amaliy yutuqlar, bardavom rivoj,  sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasida zafarlar tilab qolamiz!

Yangi maqom,  yangi marralar sari olib boradigan muvaffaqiyatli yo‘l boshlanishiga zamin bo‘lsin!

Hurmat bilan, 
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori M.M.Axmedova
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz