Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Mehnat yarmarkasi

Mehnat yarmarkasi

Вчера, 12:59
10
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi o‘quvchilar uchun "Mehnat yarmarkasi "o‘tkazildi. Unda Kambag`alikni qisqartirish va bandlik bo`limi boshqarmasi, viloyatdagi yetakchi tibbiyot muassasalari ,dorxonalar va xususiy klinikalar o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etishdi.
Muvaffaqiyatli kechgan tadbir yakunida bir nechta talabalar o‘zlari munosib ko‘rgan ish beruvchilar bilan ilk mehnat shartnomalarini imzolashdi:
"Feruz" MChJga: 2 nafar,"SEVINCH MEDICAL CENTER" xususiy klinikasiga: 2nafar ,"Surjimed" xususiy klinikasiga: 1 nafar , "Caravan" xususiy klinikasiga: 1 nafar , "VITA LYUKS" dorixonasiga: 1 nafar o‘quvchiga kelgusida ishga joylashish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni rasmiylashtirdi.
Ushbu mehnat yarmarkasi yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash hamda tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan to‘ldirishda muhim qadam bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz