1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”
https://youtu.be/bNE7GAIu2Nk?si=xE1VI4WQLPGlq4tsAziz yurtdoshlar, qadrli ustoz va murabbiylar!
Yurtimizda har yili 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” yuksak qadriyat va samimiyat ila keng nishonlanadi. Bu muqaddas sana — o‘qituvchi kasbini ulug‘lash, ularning jamiyat hayotidagi beqiyos xizmatlarini e’tirof etish, munosib qadrlashning yorqin ifodasidir.
Zero, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularni ma’rifat va bilim sari yetaklash — xalqimizning asrlar davomida qadrlab kelgan ulug‘ fazilatlaridan biridir.
Fidoyi ustozlarimiz nafaqat bilim beradilar, balki yoshlarning qalbiga mehr-oqibat, insoniylik, vatanparvarlik va ezgu fazilatlarni ham singdirib, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydilar. Bugun turli sohalarda yuksak yutuqlarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning har bir muvaffaqiyatida Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz mujassamdir.
Darhaqiqat, ustoz siymosida biz ertangi kunimizni — yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan bilimli, maqsadli va fidoyi yoshlarni ko‘ramiz. Shu bois Sizlarning sharafli kasbingizni qancha e’zozlasak ham arziydi.
Shu o‘rinda, Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining barcha ustoz va murabbiylarini chin qalbimdan kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman! Sizlarga mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, hayot yo‘lingizda esa sog‘liq, baxt, farovonlik va tinchlik tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori
M.M. Axmedova


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











