O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 33 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar, qadrli talabalar!Bugun mamlakatimiz hayotida yuksak ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligini keng nishonlamoqdamiz. Ushbu ulug‘ ayyom bilan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiining barcha o‘qituvchilari, ishchi-xizmatchilari hamda aziz talaba-yoshlarni samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiyamiz – milliy davlatchiligimizning mustahkam tayanchi, huquq va erkinliklarimizning kafolati, adolat va taraqqiyot yo‘lidagi islohotlarimizning bosh mezonidir. Unda aks etgan demokratik tamoyillar, inson qadri va manfaatlari ustuvorligi bugungi kunda jamiyatimiz hayotida chuqur o‘rin egallab, yurtimiz rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bosh Qomusimizni chuqur o‘rganish, uning talablarini hayotga izchil tatbiq etish, qonun ustuvorligini ta’minlash — nafaqat burchimiz, balki yurtga bo‘lgan yuksak sadoqatimizning yorqin ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman. Kelgusi faoliyatingizda ham ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga esa fayzu-baraka, tinchlik, sog‘lik va saodat tilayman.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
O‘zbekistonimizning osmoni doimo musaffo, kelajagi porloq bo‘lsin!
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumii direktori M.M.Axmedova
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











