Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » YANGI YIL SHUKUHI

YANGI YIL SHUKUHI

26-12-2025, 15:30
36
2025-yil 25-dekabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Yangi yilga bag‘ishlangan ko‘tarinki ruhdagi bayram karnavali bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ta'lim muassasamizning iqtidorli va iste’dodli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan bayramona kuy-qo‘shiqlar, nafis va jozibali raqslar, Yangi yil ruhini aks ettiruvchi sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi.Samimiy tabassumlar, qarsaklar va quvonchga to‘la lahzalar bilan o‘tgan mazkur bayram barchaga iliq kayfiyat, yorqin taassurotlar hamda kirib kelayotgan Yangi yilga bo‘lgan ezgu umid va tilaklarni ulashdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz