Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Korrupsiyasiz jamiyat quramiz!

Korrupsiyasiz jamiyat quramiz!

12-12-2025, 16:08
13
2025-yil 12-dekabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👤 Tadbirda Urganch Davlat tibbiyot institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari I.S.Allaberganova, D.A.Ibragimova, texnikum o‘qituvchilari va guruh rahbarlari ishtirok etdilar .

✍️ Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlarida belgilangan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔖Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarning vakolatlari, vazirliklar va oliy ta’lim muassasalarining bu boradagi mas’uliyatlari yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Davra suhbati davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik, adolat va mas’uliyat kabi fazilatlarning ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida korrupsiyani oldini olishda yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz