"O‘quvchilar kino kunlari"
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 20-may kuni o‘quvchilarga prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissor Dilmurod Masaidovlar tomonidan 2019-yil suratga olingan, tariximiz va yurtimiz istiqloli uchun kurashgan ajdodlarimiz jasoratini aks ettiruvchi “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy film namoyish etildi. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti va o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qilingan. Film tomoshasi davomida o‘quvchilarga film syujeti, tarixiy asoslari hamda undagi vatanparvarlik g‘oyalari haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida esa yoshlar o‘zlarining fikr-mulohazalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
O‘quvchilar kino kunlari29-04-2025, 16:00
Texnikumda “O‘quvchilar kino kunlari” loyihasi davom etmoqda22-04-2025, 13:18
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati18-04-2025, 12:12
8-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.8-05-2025, 23:30
Texnikumda “Oʻquvchilar kino kunlari” doirasida “Quduq” kinofilmi namoyish etildi10-04-2025, 14:45











