O‘quvchilar kino kunlari
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2025-yil 29- aprel kuni Maqsud Shayxzodaning “Ikki xalq dilbandi” kinofilmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.Kinofilmi namoyishi oldidan mazkur filmning suratga olinish tarixi, M.Shayxzoda hayoti va ijodi haqida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan o‘quvchilar M.Shayxzodaning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, mashhur adib ijodining yosh avlod uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Bu film namoyishidan maqsad filmda ilgari surilgan g‘oya orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat,o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas‘uliyat,bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishdir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Texnikumda “O‘quvchilar kino kunlari” loyihasi davom etmoqda22-04-2025, 13:18
Texnikumda “Oʻquvchilar kino kunlari” doirasida “Quduq” kinofilmi namoyish etildi10-04-2025, 14:45
Ta’lim muassasasida “Urf-odatlar va qadriyatlar marosimi” mavzusida adabiy - badiiy tadbir o‘tkazildi.4-04-2025, 09:50
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati18-04-2025, 12:12
"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir14-02-2025, 12:30











