Teatr bu ibratxonadir
Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan. Mana shu haqiqat u kishini teatr tashkil etish, ular uchun asarlar yaratishga undagan. O‘zbek dramaturgiyasining ilk namunalaridan biri sanalgan “Padarkush” asari shu tufayli yuzaga kelgan.Yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 27-fevral kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari Xorazm viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” nomli spektaklini tomosha qildilar.Talabalar spektaklni zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishdi. Bu tashrif talabalarda katta taassurotlar uyg‘otdi, mushohadaga chorladi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Ijara xonadonlariga tashrif22-02-2025, 10:30
“OGOHLIK – DAVR TALABI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI27-02-2025, 17:00
Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun27-07-2023, 22:28
"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir14-02-2025, 12:30
YOSH QUTQARUVCHILAR11-03-2023, 16:49











