Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi

Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi

3-11-2025, 12:54
65
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari hamda 160 dan ortiq ta’lim tashkilotlari rahbarlari, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi boshchiligidagi 140 dan ziyod oliy va kasbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar markazlari vakillari ishtirok etmoqda. 

Anjuman avvalida mehmonlarga O‘zbekistonning turli hududlariga oid urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, turli sport o‘yinlari, o‘zbek va xitoy xalqlari milliy raqslari namoyish etildi. Shuningdek, ikki tomon vakillari ekologik barqarorlikni ta’minlash va do‘stona hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishiga bo‘lgan ishonch ramzi sifatida universitet hududiga daraxt ko‘chatlarini ekishdi. 

Tadbir davomida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi hamda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ta’lim integratsiyasini rivojlantirish doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. 

Ma’lumot uchun: Mazkur forum 2024-yil 22–24-yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy birinchi ta’lim forumining uzviy davomi hisoblanadi.  
———

第二届乌兹别克斯坦-中国教育论坛在塔什干开幕

在乌兹别克斯坦国立世界语言大学举办的国际会议上,乌兹别克斯坦高等教育、科学和创新部负责人以及160多所教育机构的负责人,中国教育部部长怀进鹏率领的140多所高等和职业教育机构、职业中心代表出席了会议。

会议开始前,向来宾展示了反映乌兹别克斯坦不同地区风俗习惯的展览、各种体育比赛、乌兹别克和中国民族舞蹈。此外,双方代表还在大学地区种下了树苗,象征着对确保生态可持续性和进一步发展友好合作关系的信心。

活动期间,签署了在“一带一路”倡议、“乌兹别克斯坦-2030”战略框架内以及发展中国与中亚教育一体化框架内的合作备忘录。

参考信息:本次论坛是2024年1月22日。
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz