Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:
➖ fanlar majmuasi (barcha uchun);
➖ taʼlim tili (barcha uchun);
➖ test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa);
➖ test topshirish hududi (barcha uchun).
➖ kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa).
Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/BaholashUz/6628
Videoqo‘llanmani youtube orqali HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/IU_udMVbWBo
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi (imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi).
Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan quyidagilar tanlanadi:
➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).
Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi.
Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
➖ kollej va (yoki) texnikum;
➖ kasb va mutaxassislik;
➖ taʼlim shakli.
Kollej va texnikumlar uchun mandat natijalari bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni o‘qishga taklif qiladi:10-06-2024, 12:47
Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi23-09-2023, 00:39
Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi10-08-2023, 22:38
Tez-tez beriladigan savollar29-03-2023, 14:31
VMning 395-sonli qarori31-03-2023, 14:18