Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha texnikum bosqichi 

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha texnikum bosqichi 

25-09-2026, 14:38
33
2026-yil 25-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha texnikum bosqichi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada texnikumning faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlari ishtirok etib, yengil atletikaning turli yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Mazkur musobaqa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni jismonan chiniqtirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz