Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

23-09-2026, 13:13
36
2026-yil 23-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2-kurs talabalari o‘rtasida shaxmat musobaqasining texnikum bosqichi tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining mantiqiy  fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi  va shaxmatdagi mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbir ko‘tarinki , qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz