Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

24-09-2026, 13:17
39
2026-yil 24-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka keng jalb etish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis sport turi bo‘yicha texnikum bosqichi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar munosib rag‘batlantirildi. G‘olib va sovrindorlar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi bosqichlarida texnikum sharafini munosib himoya qilish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishning inson salomatligi va jismoniy barkamolligidagi ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz