Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

8-10-2026, 15:58
30
2026-yil 8-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqotga qaratilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R. Davletova, Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, mayor Yu.R. Kazakova, , shuningdek, Xorazm viloyati IIB xotin-qizlar boshlig‘i, mayor Z.R.Ahmedova, o'qituvchi va o'quvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ochiq muloqot, o‘zaro fikr almashish va samimiy suhbat ruhida o‘tib, yoshlar uchun muhim va foydali tavsiyalar bilan yakunlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz