#yoshlar kuni
12-mart kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San'at Kamilovich Salayev ishtirok etdi.Tadbir davomida yoshlarning ta’lim olish jarayoni, kasbiy rivojlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda ularni turli ijtimoiy loyihalar va tashabbuslarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirishga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
PAYSHANBA- YOSHLAR KUNI5-03-2026, 13:24
BMT vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi16-05-2025, 21:00
Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘ldi.14-03-2026, 14:28
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.10-02-2026, 13:00
“Zakovat”4-12-2025, 14:00











