RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-yil 3-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Payshanba — rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi raisi Qurbanbayeva Gulsara Axmedovna hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati Kengashi raisi R.A. Shenyazov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borilib, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, huquq va manfaatlarini himoya qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kelgusida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, o‘z kasbiga sadoqatli, xalq salomatligini asrashdek sharafli vazifaga munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlari muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan bevosita muloqot qilish, muammolarini o‘rganish hamda yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.