Ishonch telefoni
Bosh sahifa » TEXNIKUM FAOLIYATI / Qabul kvotalari » 715-sonli qabul nizomi

715-sonli qabul nizomi

29-03-2023, 16:17
270

Toshkent sh., 2020-yil 11-noyabr, 715-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga 
 ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida 

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom abituriyentlarni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar)ga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari hamda Sportni rivojlantirish vazirligining Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

abituriyent — professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs;

abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u bo‘lmaganda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat;

guruh nazoratchisi — kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kirish imtihonlari o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abituriyentlarga kirish imtihonlari tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan shaxs;

qabul komissiyasi — har o‘quv yili qabuli uchun tashkil etiladigan va professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilishni va qabulga bog‘liq jarayonlarni tashkil etadigan vakolatli tuzilma; 

hujjatlar yig‘majildi — abituriyent professional ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etilgandan so‘ng qabul komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami;

javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;

test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakili (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi vakili) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim; 

bino rahbari — belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlik qiluvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;

imtihon komissiyasi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon o‘tkazadigan va javoblarni xolis tekshiradigan va baholaydigan vakolatli tuzilma;

ekspert guruhi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh.

3. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlari asosida vazirliklar va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. 

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Imkoniyati cheklangan abituriyentlar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan professional ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi va yo‘llanmasi asosida har bir guruhga 15 — 20 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 

5. Abituriyentlar kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda arizani O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik)ning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiradilar: 

pasport yoki tug‘ilganlik xaqidagi guvohnoma nusxasi;

kasb-hunar maktablari uchun umumiy o‘rta ta’limni (9-sinf negizida), kollejlar va texnikumlar uchun umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki professional ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning nusxasi;

600x800 o‘lchamli rangli fotosurat.

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi yoki kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan abituriyentlar tegishliligi bo‘yicha nogironlik guvohnomasi nusxasi, tuman (shahar) hokimining “Mehribonlik uylari”ga joylashtirish bo‘yicha qarori yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi)ga asosan tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotni elektron platformaga yuklaydi. Elektron platformaga yuklangan hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan bo‘lishi lozim. Skaner qilingan hujjatlarning talab darajasida bo‘lmasligi abituriyentning ro‘yxatdan o‘tkazilmasligiga asos bo‘ladi.

Abituriyent elektron platformada professional ta’lim muassasasi, ta’lim shakli, kasb yoki mutaxassislik, o‘qitish tilini tanlaydi. 

6. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan so‘ng ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.

7. Hujjatlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi har kuni professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-sayti hamda axborot stendlarida o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tushgan arizalar soni haqida ma’lumotni kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha joylashtirib boradi, shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasini tashkil qiladi.

8. Abituriyentlar o‘qishga tavsiya etilganda elektron platformaga kiritgan hujjatlarining aslini professional ta’lim muassasasiga uch kun muddatda taqdim etadi.

Abituriyentda mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun) berilgan xulosasi va yo‘llanma hujjatga ilova qilinadi.

Qabul komissiyasi abituriyentlarning ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat nusxasini uning asli bilan taqqoslab, hujjatning aslini ariza beruvchiga qaytaradi.

Abituriyentning hujjatlari qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, professional ta’lim muassasasiga qabuldan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

9. Professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaning namunaviy shakli kasb-hunar maktablari uchun vazirlik tomonidan, kollej va texnikumlar uchun tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

10. Professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda uch tilda — o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. 

Abituriyent kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni professional ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi. 

2-bob. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish

1-§. Professional ta’lim muassasalariga hujjatlarni topshirish va qabul qilishni tashkil etish 

11. Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun professional ta’lim muassasalarida har yili 15-mayga qadar qabul komissiyalari tashkil etiladi. 

Professional ta’lim muassasasi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul kotib) kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, kollejlarda tegishli vazirliklar va idoralar, texnikumlarda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, qabul komissiyaning qolgan a’zolari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi. 

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida mas’ul kotib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Qabul komissiyasi raisi tomonidan a’zolarning vazifalari belgilanadi. 

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishni muvofiqlashtirish tegishlicha tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

12. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, mahaliy davlat hokimiyati organlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar ko‘magida professional ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlari, mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi. 

13. Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1-iyuldan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar, kollejlar va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 10-avgustdan 10-sentabrga (shu kuni ham) qadar amalga oshiriladi.

Kollejlarga o‘rta yoki boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qilish boshqa muddatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda hujjatlarni qabul qilish muddati vazirlikning taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda bir oydan oshmagan holda kollejlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish tashkil etiladi. 

14. Professional ta’lim muassasalari, qoida tariqasida, qabul jarayonlari boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati hamda davlat buyurtmasi parametrlari haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. 

15. Kasb-hunar maktablariga birinchi navbatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari) tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxat asosida tegishli kasblar bo‘yicha, shuningdek, taqdim etilgan ro‘yxatdan tashqari qabul parametrlari doirasidagi o‘rinlarga kasb-hunar maktabida o‘qish istagida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablariga joriy yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.

16. Har yili 10-martga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan kasb-hunar maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilari va ularning istiqbolda ta’lim oladigan kasblari ro‘yxatlari shakllantiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlariga taqdim etiladi. 

Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida har bir kasb-hunar maktabiga o‘qishga boradigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (9-sinf bitiruvchilari) ro‘yxati tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan holda tegishli kasb-hunar maktablariga har yili 10-aprelga qadar taqdim etiladi. 

Tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari boshqa tuman (shahar)lardagi kasb-hunar maktablariga o‘qishga kirish istagi mavjud bo‘lgan hollarda, o‘qishga qabul qiluvchi kasb-hunar maktabi direktori tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan o‘quvchini iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi. 

Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan o‘quvchilar umumiy tartibda o‘qishga qabul qilinadi.

17. Texnikumlarga joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball to‘plagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. 

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda ma’lum qiladi.

2-§. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish

18. Kasb-hunar maktabiga kasblar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.

Kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.

Davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti nazarda tutilmagan kollejlar va texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari (to‘lov-kontrakt bo‘yicha) bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.

19. Kollej va texnikumlarda qabul komissiyasining abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin tegishli ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnomalar rasmiylashtiriladi.

20. Kollej va texnikumlarning kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish bilan bog‘liq sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda, vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining takliflari asosida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 

21. Professional ta’lim muassasalariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda uch ish kunida kasb-hunar maktablari tomonidan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga, kollejlar tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga, texnikumlar tomonidan tegishli oliy ta’lim muassasalariga bu haqida ma’lumot kiritiladi. 

22. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, tizimida kollejlar va texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, huzurida texnikumlar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari uch ish kunida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish imkoniyati va o‘qitish quvvatini hisobga olib, qo‘shimcha o‘rin ajratish yoki abituriyentlar o‘rtasida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish yuzasidan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha takliflarni vazirlikka kiritadi. 

23. Vazirlik besh ish kunida davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan professional ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tahlil qiladi va Davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.

24. Davlat komissiyasi o‘n ish kunida Vazirlikning takliflarini ko‘rib chiqadi va qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari ajratish, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkaziladigan professional ta’lim muassasalari ro‘yxatini (kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha) tasdiqlaydi.

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish ushbu Nizomga 3-ilovada, professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish mazkur Nizomga 4-ilovada belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 

25. Kasb-hunar maktablarida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijasi bo‘yicha tanlovdan o‘tmagan abituriyentlar to‘g‘risida ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan besh ish kunida taqdim etiladi hamda o‘quvchi o‘zi o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olishni davom ettirishi ta’minlanadi.

26. Abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar safiga qabul qilingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

27. Professional ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil o‘tkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga ko‘ra, har yili o‘quv yili boshlangunga qadar yakunlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Davlat komissiyasiga kiritiladi.

3-bob. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish

28. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

29. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar professional ta’lim muassasalariga vazirlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra davlat buyurtmasi parametrlaridan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

30. Davlat komissiyasi tomonidan chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng professional ta’lim muassasalari bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

31. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovni har yili shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.

Bunda o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish uchun ketadigan sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda belgilanadi.

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

32. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlardan norozi bo‘lganlar tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

33. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.

O‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari olti oy davomida saqlanadi, so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

34. Kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda professional ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

   (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 1-ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni tashkil etish

SXEMASI

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 2-ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish 

TARTIBI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan test sinovlarini adolatli va xolisona o‘tkazish mazkur Tartib talablariga qat’iy rioya etgan holda professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar), Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh kuzatuvchilari tomonidan ta’minlanadi.

Ushbu Tartibda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar hokimliklar va professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan ta’minlanadi.

Test sinovlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.

4. Test sinovlari kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili iyul-sentyabr oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi. 

Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so‘ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.

5. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi. 

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

6. Test topshiriqlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’limning umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

7. Kasb va mutaxassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan belgilanadi.

8. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega. 

9. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi. 

10. Abituriyentlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida professional ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda tegishli professional ta’lim muassasalariga yetkaziladi. 

2-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish

1-§. Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar 

 Oldingi tahrirga qarang.

11. Test sinovlari Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, professional ta’lim muassasalari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)

12. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi videoyozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish hokimliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’minlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi hamda vazirlik o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi. 

13. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.

14. Hudud bo‘yicha bosh shtabda, test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishi lozim. 

15. Binoda test sinovlarini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.

Binoda bir nafar abituriyentga, qoida tariqasida, 2 m2 dan kam bo‘lmagan joy tayyorlanadi.

16. Hududlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlanadi.

17. Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim. 

Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan ta’minlanadi.

18. Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoya qilish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.

19. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart. 

20. Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

2-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda qabul komissiyalarining vazifalari 

21. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:

qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga qabul jarayoni boshlanadigan kunga qadar professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini, ularga muvofiq test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini joylashtirish;

qabul jarayonini uyushqoqlik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar berish; 

murojaat qilgan abituriyentlarni professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish;

professional ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish;

maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) seriyasi va raqami, yashash joyi, tug‘ilgan yili va joyi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) raqami hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘olibi ekanligi, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat haqidagi ma’lumot (agar ushbu hujjatlar mavjud bo‘lsa) va boshqa imtiyozga ega bo‘lganlar hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot, o‘qitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish; 

kasb va mutaxassisliklar, o‘qitish tili va ta’lim shakli bo‘yicha professional ta’lim muassasasiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari g‘oliblari va boshqa imtiyozga ega bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun har kuni e’lon qilib borish; 

test sinovlari boshlanguniga qadar murojaat qilgan abituriyentlarga ruxsatnomani tasdiqlab tarqatish. 

22. Qabul komissiyasi hujjatlarni qabul qilish tugagandan so‘ng 1 kun muddatda xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan ma’lumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi. 

Abituriyent to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. 

23. Qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari o‘tkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.

24. Qabul komissiyasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanadi.

3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda Davlat test markazining vazifalari 

25. Davlat test markazi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:

test sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish; 

test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlash;

test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan Davlat test markazi vakiliga yetkazilishini ta’minlash;

test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh kuzatuvchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;

belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish;

abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha taqsimlangan ro‘yxatini, bino rahbari va guruh kuzatuvchilari ro‘yxatini ikki nusxada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Davlat test markazi vakiliga yetkazish;

kunlik test sinovlari tugagandan so‘ng test materiallarining Davlat feldyegerlik xizmatiga topshirilishini nazorat qilish;

Davlat test markaziga olib kelingan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovlari natijalarini hisoblash va e’lon qilish.

   Oldingi tahrirga qarang.

Davlat test markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

   (25-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda hokimliklarning vazifalari

26. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda hokimliklarning vazifalari hisoblanadi:

test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar bo‘yicha test sinovlariga tayyor holatga keltirib, bu haqida Davlat test markaziga ma’lumot berish; 

abituriyentlarning test sinovlari o‘tkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini ta’minlash;

test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga ko‘rsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni to‘plash uchun ularning zarur moddiy-texnika vositalari bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlash;

abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishni ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida o‘tirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;

test sinovi bo‘lib o‘tadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan ta’minlash;

test sinovlarini o‘tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;

har bir smenada abituriyentlar va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suv, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan hamda test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash. 

27. Hokimliklar qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaxslar tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruxsat bersa yoki o‘zlari tashkil etishsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

28. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakili xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi.

5-§. Test sinovlarini o‘tkazishda Davlat test markazi vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari

29. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining vazifalari hisoblanadi:

bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish;

test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarining adolatli, xolisona va ushbu Tartibda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlash.

30. Davlat test markazi vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun hokimliklar va qabul komissiyalariga ko‘rsatma berish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishgan holda chetlashtirilganlar o‘rniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.

31. Quyidagilar Davlat test markazi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:

o‘ziga biriktirilgan binoda test o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;

bino rahbarlari va guruh nazoratchilari ro‘yxatining xizmat postlariga yetkazilishini ta’minlash;

guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;

test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirish.

32. Davlat test markazi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

33. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin.

34. Ushbu Tartib talablari asosida o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.

35. Bino rahbari o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Davlat test markazi vakilidan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan guruh nazoratchilarini, abituriyentni test sinovlaridan chetlashtirish hamda Davlat test markazi vakili bilan kelishgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.

36. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:

belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;

ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;

birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish hamda test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash; 

o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan so‘ng 30 daqiqa ichida yig‘ib olish, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Davlat test markaziga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;

abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan kasb va mutaxassisligi tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;

guruhlarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;

test sinovining tugash vaqtiga qat’iy amal qilish;

test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish; 

abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish.

37. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda ko‘rib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun ko‘rsatma bermasa, ushbu holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

38. Test sinovi o‘tkazilayotgan guruhda ushbu Tartib talablariga qat’iy rioya qilish va test sinovining adolatli o‘tkazilishini ta’minlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.

39. Guruh nazoratchisi o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlatish huquqiga ega.

40. Quyidagilar guruh nazoratchisining majburiyatlari hisoblanadi:

test sinovi o‘tkaziladigan kuni biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida o‘zlariga tegishli ruxsatnomalarni olish va o‘ziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

guruhdagi stollarning ketma-ketlikda raqamlanganligini tekshirish;

belgilangan vaqtda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;

abituriyentning ruxsatnomasi va pasporti (tug‘ilganlik xaqida guvohnoma) asosida tekshirib ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha belgilangan joyga o‘tirishini ta’minlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning o‘rnini bo‘sh qoldirish;

test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun bo‘sh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;

abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish; 

test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha abituriyentlarga ko‘rsatma berish;

test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish; 

test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan so‘ng 15 daqiqa o‘tgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh bo‘yicha ro‘yxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi va familiyasi to‘g‘risiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yish; 

birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini rasmiylashtirish; 

abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining to‘ldirilgan bir nusxasini bino rahbariga topshirish;

abituriyentlar bilan test topshiriqlari bo‘yicha savol-javob qilmaslik;

test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qilish, abituriyentlarning o‘rinlaridan turishlarini talab qilish;

abituriyentlarga test materiallarini topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berish;

test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;

barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish; 

test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;

ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;

test sinovlari tugagandan so‘ng guruhda abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqarish;

test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.

41. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;

guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu kasb va mutaxassislik hamda tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.

42. Test sinovlarini o‘tkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining tegishli bo‘limini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

43. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:

test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;

test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh kuzatuvchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.

44. Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur: 

test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;

javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.

45. Abituriyent ushbu Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi: 

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;

javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;

belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

46. Har bir test topshirig‘iga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.

47. Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

48. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

49. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa.

Test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

3-bob. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish

50. Professional ta’lim muassasalarida abituriyentlar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

51. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining a’zolari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi.

52. Apellatsiya komissiyasining tarkibi professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi raisi ta’lim muassasasi direktori hisoblanadi.

53. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari to‘liq yakunlanib, tanlov natijasi e’lon qilingandan so‘ng ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga ushbu Tartibga ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

54. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi. 

55. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini qabul qilib olgan kuni Davlat test markaziga apellatsiya shikoyatlarni elektron imzo bilan tasdiqlangan holda elektron nusxasini taqdim etadi.

56. Davlat test markazi apellatsiya shikoyatini qabul qilgan kuni apellatsiya shikoyati asosida abituriyentlarga test sinovi jarayonida taqdim etilgan test topshirig‘i kitobining va javoblar varaqasining elektron nusxasi (Pdf formatda) hamda test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxatini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

57. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida Davlat test markazi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilishga haqli.

58. Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

59. Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobining elektron varianti asosida chop etilgani beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

60. Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma apellatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. 

Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

61. Apellatsiya komissiyasi qarori Davlat test markaziga taqdim etiladi.

62. Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasi qarori Davlat komissiyasiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

 Oldingi tahrirga qarang.

63. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.

   (63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

4-bob. Yakunlovchi qoida

Oldingi tahrirga qarang.

64. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish tartibiga
 ILOVA











____________________________________











(ta’lim muassasasi nomi)
 direktori, apellatsiya komissiyasi raisiga











____________________________________











(abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)











____________________________________











(uy, mobil telefonlar raqami)

TEST NATIJALARI BO‘YIChA APELLATSIYA ShIKOYATI

Ta’lim muassasasi nomi

Guruh

Javoblar varaqasi raqami
























Mening quyidagi e’tirozlarimni ko‘rib chiqishingizni so‘rayman:

1. __________________________________________________________________________

2. __________________________________________________________________________

3. __________________________________________________________________________

________________________________

________________

_____________________

(abituriyent F.I.O.)

(imzo)

(sana)

Ariza 20__ yil “___” ___________ soat ________ da ko‘rib chiqiladi.

____________________________________

________________

________________

(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)

(imzo)

(sana)

M.O‘.



(qirqish chizig‘i)






-----------------------------------------------------------------------------------------------

XABARNOMA ______-son

Hurmatli

____________________________________________________________





(abituriyent F.I.O.)

Arizangizni ko‘rib chiqish uchun 20___ yil “__” __________ soat _____da

___________________________________________

ga pasport (tug‘ilganlik haqida

(ta’lim muassasasi nomi)









guvohnoma) va ruxsatnomangiz bilan yetib kelishingiz so‘raladi.

20__ yil “___” __________

________________________________

_____________








(arizani qabul qiluvchining F.I.O.)

(imzo)





















Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 3-ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish 

TARTIBI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilinadi.

3. Alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga qabul qilish tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

4. Professional ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinishi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

5. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir professional ta’lim muassasasi bo‘yicha kasb va mutaxassisliklar, o‘qitish tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi.

6. Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda professional ta’lim muassasalari direktorlari joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar. 

7. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul parametrlariga muvofiq professional ta’lim muassasasida ta’lim olish tilida o‘tkaziladi.

2-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish va tashkil qilish tartibi 

8. Kasbiy (ijodiy) imtihon boshlanishidan bir hafta oldin abituriyentlarga professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi imzolagan hamda professional ta’lim muassasasining muhri qo‘yilgan ruxsatnoma beriladi. Ruxsatnoma namunasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 

9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha o‘qish va keyinchalik ishlashi imkoniyatlarini aniqlash, ularning fanlar bo‘yicha bilim, malaka, kasbiy ko‘nikma, ijodiy qobiliyatlarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.

10. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining qat’iy nazoratida kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiriqlari kasb-hunar maktablarida umumiy o‘rta (9-sinf negizida), kollej va texnikumlarda boshlang‘ich professional, umumiy o‘rta (11-sinf negizida), shu jumladan, madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalari tomonidan tuziladi.

11. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va adolatli o‘tkazish mas’uliyati, shu jumladan, ularning videokuzatuv qurilmalari orqali nazoratini ta’minlash qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, fan bo‘yicha imtihon komissiyalari raislari va a’zolari, shuningdek, imtihon komissiyalari a’zolari hisoblanadigan guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi. 

12. Professional ta’lim muassasalarining qabul komissiyasi kasbiy (ijodiy) imtihon belgilangan talablarga qat’iy rioya etgan tarzda to‘g‘ri va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda joylarni zarur vositalar, o‘quv qurollari va ashyolar bilan jihozlaydi. 

13. Professional ta’lim muassasalari fan bo‘yicha imtihon komissiyalari raisligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun bo‘ysunuviga qarab tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etadi.

14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tegishli fanlar bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun 3 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli o‘qituvchilardan shakllantirilgan fanlar bo‘yicha imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanadi.

15. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida, 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi. 

16. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari professional ta’lim muassasalari qabul komissiyalarining takliflari asosida imtihon dasturlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt me’yorini belgilaydi.

Fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.

17. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli kasb va mutaxassisliklarga muvofiq keluvchi fan majmualari professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

18. Professional ta’lim muassasasining qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.

19. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegishli kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan majmualarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal 150,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.

20. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.

Fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolarining har biri o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholarning o‘rtacha qiymatiga teng bo‘ladi.

21. Guruh nazoratchisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan so‘ng abituriyentlarning amaliy ishlarini qabul qilib, har bir ishni raqamlab, imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun mas’ul hisoblanadi. 

Guruh nazoratchisi imtihon ishiga qo‘yilgan shifrning maxfiyligini ta’minlashga shaxsan javobgardir.

22. Kasbiy (ijodiy) imtihon ishlarini xolisona tekshirish, baholash hamda abituriyent tomonidan to‘plangan ballarni qayd varaqalarida aks ettirish uchun mas’uliyat fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va a’zolari zimmasiga yuklanadi.

23. Jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar qayta o‘tkazilmaydi va ular o‘qishga qabul qilinmaydi.

24. Tegishli kasb va mutaxassisliklarning fanlari majmuasidagi har bir fan bo‘yicha imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon xususiyatiga qarab, imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kundan kechiktirilmagan holda professional ta’lim muassasasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

25. Tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi davrida professional ta’lim muassasalarida norozilik (apellatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilaridan iborat apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellatsiya komissiyasi tarkibiga fan bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonni qabul qilgan fan bo‘yicha komissiya a’zosi apellatsiya jarayonida qatnashib, o‘z fikrini bildirish huquqiga ega.

Norozilik (apellatsiya) arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab ikki kun davomida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan uch kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga, zarurat bo‘lganda, fan bo‘yicha imtihon komissiyasi baholariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

26. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar bo‘yicha alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.

Ushbu imtihon qaydnomalarining har biri fan bo‘yicha imtihon komissiyasi raisi va professional ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

27. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.

   (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

3-bob. Yakunlovchi qoida

   Oldingi tahrirga qarang.

28. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
 4-ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish 

TARTIBI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — professional ta’lim muassasalari) o‘qishga qabul qilish uchun yozma imtihonlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan belgilangan kunlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’limning umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun yozma imtihonlar o‘tkaziladi.

3. Abituriyentlarga yozma imtihonlarning o‘tkazilishi kamida o‘n kun oldin e’lon qilinadi.

4. Yozma imtihonlar o‘tkaziladigan kuni tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan abituriyent ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning imtihon o‘tkaziladigan binoga kirishi taqiqlanadi.

Professional ta’lim muassasalarining yozma imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasining namunasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Yozma imtihonlarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ota-onalarning 3 nafar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

2-bob. Professional ta’lim muassasalarida yozma imtihonlarning o‘tkazilishini tashkil etish

1-§. Yozma imtihonlarni tashkil etish

6. Yozma imtihon kasb va mutaxassisliklarga tegishli fanlardan o‘tkaziladi.

7. Yozma imtihon “Ona tili va adabiyoti” fani hamda abituriyent o‘qishga kirish istagida bo‘lgan kasb va mutaxassislikka mos keluvchi shu o‘quv yili qabulidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining 2-bo‘limidagi 1-fanidan o‘tkaziladi.

8. Yozma imtihon olinadigan fanlar ro‘yxati, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

9. Yozma imtihon o‘tkazilishiga qadar qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etiladi.

10. Yozma imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihonning tegishli fanlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tarkibidan shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari nazoratida ekspert guruhi faoliyati qabul komissiyasi raisi tomonidan boshqariladi.

11. Ekspertlar guruhi quyidagi vazifalarni bajaradi: 

yozma imtihon savollarini amaldagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan dasturlari asosida ishlab chiqib, savollarga javob yozish uchun ketishi mumkin bo‘lgan vaqtning imtihonga ajratilgan vaqtga muvofiqligini o‘rganadi;

savollar ko‘p variantli bo‘lishini va maxfiyligi saqlanishini ta’minlaydi;

ishlab chiqilgan savollarning to‘g‘ri javoblarini tayyorlaydi va professional ta’lim muassasasiga imtihonlar yakunlanganunga qadar alohida saqlanishi uchun konvertda har bir ekspert imzosi bilan muhirlangan holda taqdim etadi. 

12. Yozma imtihonni ushbu Tartib talablariga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi, bino rahbari va guruh nazoratchilari, imtihon komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklanadi. 

13. Yozma imtihonni o‘tkazish jadvali professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.

14. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi.

15. Yozma imtihon videokuzatuv qurilmalari orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borilishini ta’minlaydigan katta sig‘imdagi binolarda o‘tkaziladi. 

16. Binoda imtihon materiallarini tarqatish va to‘plash uchun seyflar (materiallarni saqlash uchun) va aloqa vositalari bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi.

17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar) tomonidan binolarda yozma imtihonni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi. Binolar sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob berishi shart. 

18. Binoda yozma imtihon jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent hisobidan guruhlar tashkil etiladi.

Bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim. 

Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanadi. Har bir guruhga, qoida tariqasida, ikki nafar guruh nazoratchisi biriktiriladi.

Yozma imtihonlar ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini guruh nazoratchisi sifatida jalb etishga ruxsat beriladi.

19. Binoda yozma imtihonlarni o‘tkazish talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.

Bino rahbari Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan, guruh nazoratchilari professional ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tegishli vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi. 

20. Yozma imtihon natijalari professional ta’lim muassasasining axborot stendida joylashtiriladi.

2-§. Yozma imtihonlarni o‘tkazish va baholash

21. Yozma imtihon soat 09:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.

Yozma imtihon har bir fan bo‘yicha alohida kunlarda o‘tkazilishi mumkin.

22. Abituriyentlar binoga abituriyent ruxsatnomasi va pasport (pasport yoshiga yetmaganlarga professional ta’lim muassasasi tomonidan shaxsini tasdiqlash maqsadida berilgan, rasmi mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma) bilan videokuzatuv orqali navbat bo‘yicha soat 08:30 gacha kiritiladi. Soat 08:30 dan so‘ng abituriyentlar binoga kiritilmaydi.

23. Guruh nazoratchilari soat 08:30 gacha bino rahbaridan guruh ro‘yxatini, imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarni, savollarga javob yozish uchun mo‘ljallangan qat’iy hisobda turuvchi varaqlari raqamlanib muhrlangan daftarlarni (keyingi o‘rinlarda — daftarlar) oladi, shuningdek, abituriyentlarni ruxsatnomasi bilan tekshirib kiritadi va o‘ziga tegishli joyga o‘tirishini ta’minlaydi.

Kelmagan abituriyentlar o‘rinlari bo‘sh qoladi.

24. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.

Guruh nazoratchilari imtihon biletlari hamda daftarlarni abituriyentlarga tarqatadi.

Bino rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek, daftar varaqlarini bukmaslik, unga har xil belgilar qo‘ymaslik, yozuvlarning ustiga yoki ostiga chizmaslik, javoblarni ko‘k sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozish, boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.

25. Guruh nazoratchisi soat 09:00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlash uchun imzo qo‘ydiradi va imzo yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qo‘yadi.

Abituriyent yozma imtihonga kelmagan taqdirda, guruh nazoratchisi ro‘yxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.

26. Bino rahbari soat 09:00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.

27. Abituriyent tomonidan imtihon biletlariga javoblar daftarga ko‘k sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozilishi lozim.

28. Abituriyentlarga yozishda qisqartma so‘zlardan foydalanish, so‘zlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qo‘yish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.

29. Yozma imtihonga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, lug‘at, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon materiallarini topshirmagan, imtihon materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyentning natijalari hisoblanmaydi. 

30. Abituriyentning yozma imtihonlarni topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan imtihonlarga qo‘yilmaydi. Materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Mazkur abituriyentlarga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

31. Yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzganlar imtihondan chetlashtiriladi, chetlashtirish bo‘yicha ushbu Tartibga ilovadagi shaklga muvofiq bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

32. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi.

33. Bino rahbari soat 11:00 da yozma imtihon vaqti tugaganligini e’lon qiladi va guruh nazoratchilariga javoblar yozilgan daftarlarni yig‘ishga ko‘rsatma beradi.

34. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatgan abituriyentlar imtihon materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.

35. Barcha daftarlar, shu jumladan, imtihon vaqtida ishlatilmagan daftarlar hamda yozma imtihondan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan daftarlar alohida tegishli qutilarga joylashtiriladi.

36. Guruh nazoratchisi soat 11:15 dan kechikmasdan barcha qutilarni bino rahbariga topshiradi, bino rahbari topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qo‘ydiradi.

37. Bino rahbari yozma imtihon savollariga javoblar yozilgan daftarlar solingan qutilarni guruh nazoratchilaridan qabul qilib, daftarlarning muqovasi va birinchi varag‘iga maxsus shifrlar qo‘yadi, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda ajratib oladi.

Shifrlangan daftar muqovasi sir saqlanishi uchun bino rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

38. Imtihon komissiyasi a’zolari yozma imtihon o‘tkaziladigan kuni soat 11:00 dan kechikmay yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan xonaga o‘z pasportlari bilan yetib kelishlari shart. 

39. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan muqovasi olingan va shifrlargan daftarlar solingan qutilarni bino rahbaridan qabul qilib oladi. Imtihon komissiyasiga shifr qo‘yilmagan daftarlarni topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

40. Imtihon komissiyasi raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiyasi a’zolari ishtirokida ochib, daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.

Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud bo‘lgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi. 

41. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlarni komissiya a’zolariga taqsimlab beradi.

42. Yozma imtihon javoblari tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan tekshirilib, baholanadi va xulosa yoziladi.

43. Abituriyentlarning yozma imtihon bo‘yicha olgan ballari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli shifr raqamlaridan iborat bo‘lgan qaydnomaga kiritiladi.

Yozma imtihonning har bir fani uchun qaydnoma alohida tuziladi.

44. Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda imtihon komissiyasi raisi tomonidan bino rahbariga topshiriladi. Bino rahbari ushbu qutilarni shifrlangan daftarlarning muqovalari bilan birga qabul komissiyasi raisiga yig‘ma qaydnomaga kiritish uchun topshiradi.

45. Yozma imtihon ballari belgilangan fanlar bo‘yicha alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlar muqovasidagi shifr raqamlari ko‘rsatilgan holda kiritiladi. 

Yozma imtihon natijalari har bir fan bo‘yicha qabul komissiyasi tomonidan yig‘ma qaydnomaga kiritiladi va shu asosida umumiy ballar chiqariladi.

46. Abituriyentning yozma imtihondagi eng yuqori balli 150 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagicha shakllanadi: 

“kasb yoki mutaxassislikka mos keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining 2-bo‘limidagi 1-fani” bo‘yicha — 0 dan 100 ballgacha; 

“Ona tili va adabiyoti” fani bo‘yicha — 0 dan 50 ballgacha.

47. Belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.

48. Umumlashgan natijalar qaydnomasida abituriyentlar ro‘yxati har bir kasb va mutaxassislik bo‘yicha to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.

49. Yozma imtihon natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan keyingi ish kunida qabul komissiyasining axborot stendlari va professional ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

4-§. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish

50. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda yozma imtihon natijalari yuzasidan professional ta’lim muassasalarida abituriyentlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida har bir ta’lim muassasasi uchun alohida apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. 

Apellatsiya komissiyasi a’zolari 3 — 5 nafardan iborat bo‘lib, apellatsiya komissiyasi a’zoligiga hududdagi boshqa professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Kasb-hunar maktablarida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari vakillari apellatsiya komissiyasi raisi etib belgilanadi. 

Apellatsiya shikoyati yozma imtihonlar natijasi e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida apellatsiya komissiyasiga beriladi. Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma yuboriladi.

51. Zarur hollarda, apellatsiyani ko‘rib chiqish jarayoniga imtihon komissiyasi a’zolari, shuningdek, tegishli bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.

52. Apellatsiya shikoyati tushgan kuni murojaat qilgan abituriyentning yozma imtihon materiallari mas’ul kotib tomonidan apellatsiya komissiyasiga topshiriladi.

53. Apellatsiya shikoyat bergan shaxs xabarnomada belgilangan kun va vaqtda apellatsiya komissiyasiga pasporti (pasport yoshiga to‘lmaganlar kasb-hunar maktabi tomonidan shaxsini tasdiqlash maqsadida berilgan rasmi mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma) bilan kelishi shart. 

54. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish vaqtida abituriyentning faqat o‘ziga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari beriladi. Ariza beruvchi o‘z e’tirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellatsiya komissiyasiga topshiradi.

55. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bir ish kunidan oshmasligi va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinishi shart.

56. Apellatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa, apellatsiya komissiyasi imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda tegishli tartibda rasmiylashtiradi. 

57. Apellatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, abituriyentning yozma imtihon ishiga apellatsiya komissiyasi tomonidan tegishli ball qo‘shilib yakuniy ball qo‘yiladi.

58. Apellatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchiga ma’lumot taqdim etiladi.

59. Umumlashgan natijalar qaydnomalar, apellatsiya komissiyasining qarorlari asosida professional ta’lim muassasasi qabulining yakuniy natijasi aniqlanadi va yozma imtihon qaydnomasiga kiritiladi.

60. Yozma imtihon qaydnomalari professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va nusxasi 20-avgustgacha Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

61. Abituriyent apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

3-bob. Yakunlovchi qoida

 ldingi tahrirga qarang.

62. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish tartibiga
 ILOVA

Yozma imtihondan chetlashtirish haqidagi
DALOLATNOMA

__________________ tumani (shahri)


20__ yil “_____” _____________

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

____________________________________________________________________________

(F.I.O.)

quyidagi sabablarga ko‘ra yozma imtihondan soat _____:_____ da chetlatildi:


taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob, shpargalka);


boshqa abituriyentga yozma imtihon materiallarini bergan;


abituriyentga yordam bergan;

____________________________________________________________________________

(Tartibda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni yozma imtihonlar orqali qabul qilish tartibining _____ band (lar)i talablari buzilgan.

_________________
















1. Bino rahbari

___________________________________

____________


(F.I.O.)

(imzo)

2. Guruh nazoratchisi

___________________________________

____________







(F.I.O.) 

(imzo) 

3. Guruh nazoratchisi

___________________________________

____________







(F.I.O.) 

(imzo) 





















Izoh. Ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga tikib qo‘yiladi.





















 

   (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/715/1509-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)


Qarorning lex.uz saytidagi havolasini ko'rish

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz