Ishonch telefoni
Bosh sahifa » TEXNIKUM FAOLIYATI / Fotolavhalar » “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi oʻtkazildi

“Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi oʻtkazildi

9-04-2025, 11:51
22
“Kuch – birlikda!” degan shiorni hayotiy tamoyiliga aylantirgan Sohibqiron Amir Temur nafaqat yurtimiz tarixida, balki butun dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan. Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kutubxonasida joriy yilning  9-aprel kuni sohibqiron A.Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan oʻquvchi yoshlarda milliy oʻzligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, milliy gʻurur tuygʻulari shakllantirish maqsadida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini oʻtkazildi.
Tanlovda o‘quvchilar Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidladilar. Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan “Temur tuzuklari” asaridan namunalar keltirdilar.
Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan talabalar ma’muriyat tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz