15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
2026-yil 18-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Mening oilam – mening baxtim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida oilaga bo‘lgan hurmatni oshirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.Davra suhbatida Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, mayor Yu.R. Kazakova ishtirok etib, oila tinchligi va farovonligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada o‘zaro hurmat va mas’uliyat hissini shakllantirish, xotin-qizlarning huquqlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Sahnalashtirilgan chiqishlarda oiladagi mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, oiladagi ahillik va o‘zaro tushunish kabi mavzular yorqin ifoda etildi. Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirib, oilaning jamiyatdagi o‘rni naqadar muhim ekanligini yana bir bor namoyon etdi.Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, oilaviy munosabatlar, yoshlar tarbiyasi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha kerakli tavsiya va tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Xalqaro oila kuni15-05-2025, 14:30
Rahbar va yoshlar uchrashuvi27-03-2026, 11:01
DAVRA SUHBATI23-02-2023, 16:54
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.10-02-2026, 13:00
Milliy libos — bu tarix, qadriyat va g‘urur timsoli3-04-2026, 23:43











