Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha

12-02-2026, 12:39
140
Joriy yilning 11-fevral kuni so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha axborot resurs markazi xodimlari  tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi. Unda ta’lim muassasasi o'qituvchilari  hamda talabalari  ishtirok etishdi.  Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarda ikki buyuk ijodkor qalamiga mansub g'azallar mahorat bilan ijro etildi. Ularning hayot  yo‘li, chekkan mashaqqatlari, insonparvarlik g‘oyalarini jamiyatga singdirish yo‘lidagi mehnatlari sahna ko‘rinishlari orqali yig‘ilganlarga namoyish etildi. Navoiy g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar, go zal raqs ijrolari kechaga bayramona ruh bag‘ishladi. Eng muhimi, bu kabi kechalar faqatgina bugun emas, har kun, har daqiqa yoshlarga buyuk ajdodlarga munosib avlod bo'lish zarurligini eslatib turadi. Zero, Navoiyni bilmoq – o‘zlikni anglamoqdir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz