Ishonch telefoni

Zakovat

23-05-2025, 16:18
18
Joriy yilning 23-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida   “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning erkin fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Ta’lim muassasasining  1-bosqich guruhlaridan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, bilim va topqirlikda o‘zaro bellashdilar. Savollar tarix, huquqshunoslik, adabiyot, sport, texnika va mantiqiy fikrlashga oid bo‘lib, o‘quvchilarning keng qamrovli bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Davolash ishi ” yo‘nalishi 1-kurs                            1-guruhning   “Koinot” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol ishtirokchilar ma’muriyat tomonidan rag‘batlantirildi.
Bu kabi intellektual musobaqalar o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz