Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlanadi

Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlanadi

23-07-2025, 16:05
16
Jami 10 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o‘tkazildi. Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.
Shundan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.

ℹ️ Imtihonga oid muddatlar:

14-23-iyul — test jarayonlari;

24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);

8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);

17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

***

✅Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

❕Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.

Masalan, @mandatjavobbot (https://t.me/OTM_BLOK_TESTSbot?profile) orqali barcha yo‘nalishlarning 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishingiz mumkin!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz