Talabalar festivali doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 29-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talabalar o‘rtasida navbatdagi qiziqarli va ko‘tarinki tadbirlardan biri —“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda “Hamshiralik ishi” yo‘nalishining “Dimedrol”, “Davolash ishi” yo‘nalishining “Parvoz”, “Farmatsiya” yo‘nalishining “Adrenalin” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Har bir jamoa o‘zining topqirligi, zukkoligi, hozirjavobligi, hazil-mutoyibasi va sahnadagi erkin harakati bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z ijodkorliklari bilan nafaqat kulgu, balki dolzarb ijtimoiy mavzularni ham yoritishga harakat qilishdi.
Tadbir barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi. QVZ yakuniga ko‘ra “Dimedrol” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bu kabi tadbirlar talabalarimizning nutq madaniyati, sahna madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Zakovat23-05-2025, 16:18
“Zakovat”28-05-2025, 16:00
“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi3-04-2025, 15:00
“Patronaj xizmatining universal – progressiv modeli” ko`rik tanlovi3-04-2024, 13:45
Ta'lim muassasasida Universal-progressiv model bo‘yicha: “Homilador ayollarda xavf omillarni aniqlash” mavzusida bellashuv o‘tkazildi20-01-2025, 16:44











