Kitobxon o‘quvchi
Ta’lim muassasi kutubxonasida “Kitobxon oʻquvchi” loyihasi doirasida mutolaa va kitobxonlik madaniyatini orttirish maqsadida Shukrulloning “Kafansiz koʻmilganlar” asari o‘qib muhokama qilindi. “Kafansiz koʻmilganlar” asari qatagʻon davri dahshatlari, shoʻrolar davrida “Vatan xoini”, “bosmachi” va “chet el josusi” kabi tamgʻa hamda uydirmalar bilan Sibir kabi manzillarga surgun qilingan yoki qatl etilgan Turkiston ziyolilari qismati haqida hikoya qiladi. Shukrullo ham qatagʻon yillarining ikkinchi toʻlqinidan jabr koʻrgan va Sibirga badargʻa etilgan oʻzbek ijodkorlaridan, shoʻro hukumati lagerlarida ogʻir azob-uqubatlarni boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri boʻlgan. Uning ushbu romani ana shu voqealarning badiiy ifodasidir.Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asari NKVDning qirgʻin mashinasi, hatto urush davrida ham toʻxtamaganligini, oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida ham joni, ham moli bilan fidoyilik koʻrsatishiga qaramasdan 1950-yilga kelib uning bir qator ziyoli farzandlari “davlat xoini”, “chet el josusi” degan uydirmalar bilan qamoqqa olingani voqealarini yoritadi. Voqealar davomida minglab begunoh insonlar Rossiyaning eng chekka va sovuq oʻlkalariga surgun etiladi. Shoirning oʻzi ham ana shunday tuhmatlarga uchragan ziyolilardan biri edi. Asar o‘quvchilar tomonidan zo‘r qiziqish bilan o‘qildi, muhokama qilindi.Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonliklar qiziqish bilan tinglandi, xulosa chiqarildi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi3-04-2025, 15:00
Teatr bu ibratxonadir27-02-2025, 17:04
Zulfiya -vafo va sadoqat kuychisi1-03-2025, 13:39
Urganch Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida ”Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida texnikum hududiga ko‘chat daraxtlari va gullar ekildi.10-04-2025, 14:40
Talabalar turar joyi o'quvchilari bilan “Sohibqiron Amir Temur yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi10-04-2025, 14:43