Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi va milliy reytingdagi top-50 texnikumlar moddiy rag‘batlantiriladi

Texnikumlar va akademik litseylar uchun milliy reytinglar joriy etildi va milliy reytingdagi top-50 texnikumlar moddiy rag‘batlantiriladi

Вчера, 12:24
9
Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3816, 15.04.2026-y.).

🏛 Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi.

☑️ Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

♻️ vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar;
♻️ ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;
♻️ umummilliy so‘rovnoma natijalari.

📆 Har yili 10-oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

📨 Bunda, har yili 30-mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

💰 Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi:

➡️ 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
➡️ 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz