Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Davlat texnikumlariga qabul “avval test, so‘ng tanlov” asosida amalga oshiriladi

Davlat texnikumlariga qabul “avval test, so‘ng tanlov” asosida amalga oshiriladi

15-04-2026, 09:00
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni bilan oliy va kasbiy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalariga oid qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmonining 5-bandida yangi tartiblar joriy etildi.

📌Mazkur 5-bandning “g” kichik bandiga ko‘ra:
—Davlat texnikumlariga o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar texnikum, kasb (mutaxassislik) hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddat ichida tanlaydi.
—Shuningdek, texnikumlarda o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to‘lmay qolgan vakant o‘rinlarga abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz