Ishonch telefoni

OCHIQ DARS

20-10-2026, 16:27
38
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Farmatsiya” kafedrasi o‘qituvchisi  O.X.Bozorboyeva  tomonidan “Funksional diagnostika ishi” yo‘nalishi 2-kurs 1-guruh o‘quvchilari bilan analitik kimyo fanidan “Oksidlanish-qaytarilish (oksidimetriya) usullari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida mavzu zamonaviy pedagogik yondashuvlar va noan’anaviy ta’lim metodlari asosida yoritildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kimyoviy tahlil usullarini amaliyot bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratildi.
Dars davomida interfaol metodlardan samarali foydalanilib, talabalarning faolligi, mavzuga bo‘lgan qiziqishi va bilimlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratildi. Shuningdek, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati, oksidimetriya usullarining analitik kimyodagi ahamiyati hamda ularning farmatsiya sohasidagi amaliy qo‘llanilishi haqida tushunchalar berildi.
Mazkur ochiq dars ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ilm va innovatsiya uyg‘unligi — sifatli ta’lim va malakali mutaxassislar tayyorlash garovidir!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz