Ishonch telefoni

OCHIQ DARS

17-10-2026, 16:16
36
2026-yil 17-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Farmatsiya ishi” yo‘nalishi 2-kurs 3-guruh o‘quvchilari uchun “Farmatsevtik kimyo” fanidan “Organik birikmalar. Ularga umumiy tavsifnoma. Tarkibida alitsiklik alkanlar va ularning galogenli hosilalarini saqlagan dori moddalar tahlili” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘qituvchi S. A. Erkayeva tomonidan olib borilgan mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchilarda organik birikmalarning tuzilishi va kimyoviy xossalari, alitsiklik alkanlar hamda ularning galogenli hosilalarini saqlagan dori moddalarini tahlil qilish usullari bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarning farmatsevtik kimyo faniga oid bilimlarini chuqurlashtirish, kimyoviy tahlil tamoyillarini o‘zlashtirish hamda nazariy bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy maqsadlar belgilandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz