Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kitobxonlik — ma’naviy yuksalish sari muhim qadam!

Kitobxonlik — ma’naviy yuksalish sari muhim qadam!

7-10-2026, 14:57
29
2026-yil 7-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni mutolaa bilan oshno etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish maqsadida “Urganch kitob markazi” MCHJ bilan hamkorlikda kitob yarmarkasitashkil etildi.
Mazkur yarmarkada texnikumning barcha o‘qituvchilari, talabalari va ota-onalar  faol ishtirok etib, o‘zlari sevib mutolaa qiladigan hamda qiziqishlariga mos bo‘lgan kitoblarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Yarmarkada turli janr va yo‘nalishdagi badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan ko‘plab kitoblar namoyish etildi. Ayniqsa, talabalarning kitoblarga bo‘lgan qiziqishi, yangi asarlarni mutolaa qilishga bo‘lgan ishtiyoqi tadbir davomida yaqqol namoyon bo‘ldi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz