Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom!”

“Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom!”

29-09-2026, 14:48
27
29-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom!”
Bayram dasturidan o‘rin olgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, ta’sirchan she’rlar, raqslar hamda
mazmunli sahna ko‘rinishlari
yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan ustozlarga atalgan samimiy chiqishlar, ezgu tilaklar va minnatdorlik so‘zlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida fidokorona mehnati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi munosib hissasi uchun o‘qituvchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
 Bayram tadbiri ustoz va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom, cheksiz minnatdorlik va ezgu tilaklar bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz