Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » 25-SENTABR — FARMATSEVTLAR KUNI

25-SENTABR — FARMATSEVTLAR KUNI

25-09-2026, 14:40
18
2026-yil 25-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Farmatsevtlar kuni munosabati bilan “Farmatsiya”  kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan maxsus tadbir tashkil etildi.  Tadbir doirasida o‘quvchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi moddalar” mavzusida ma’ruza tinglandi. Mavzuga mos maxsus fitobar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Nafas yo‘llariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi dorivor o‘simliklar, ularning shifobaxsh xususiyatlari hamda zamonaviy tibbiyot va farmatsevtikadagi o‘rni haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.  O'quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amalda namoyish etib, dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish va kelajakdagi sharafli kasbning ulkan mas’uliyati xususida o‘zaro fikr almashdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz