“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI
2026-yil 2-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Xorazm viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasining Ta’lim jarayonini tashkil qilish va kasbiy rivojlantirish sho‘basi yetakchi mutaxassisi B.P. Jumaniyazova ham ishtirok etdi. U yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar hamda texnikum jamoasini samimiy muborakbod etib, ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar tiladi.
B.P. Jumaniyazova o‘z nutqida yoshlarni puxta bilim egallash, tanlagan kasbiga sadoqat bilan yondashish, doimo izlanish va o‘z ustida muntazam ishlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga intilishlari lozimligini ta’kidladi.
Tadbirda texnikumning yuqori natijalarga erishgan, o‘z kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonayotgan bitiruvchilari ham ishtirok etdi. Ular o‘quvchi-yoshlar bilan o‘zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, erishilgan yutuqlarning negizida puxta ta’lim, ustozlarning fidokorona mehnati, tinimsiz izlanish, mehnatsevarlik hamda tanlangan kasbga bo‘lgan mehr va sadoqat mujassam ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik-osoyishtalik va ona yurtga muhabbat mavzularini tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
2025-2026-o‘quv yili boshlanishi4-09-2025, 10:16
Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun5-09-2023, 23:12
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy milliy mahorat tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi30-06-2026, 16:53
YANGI O‘QUV YILIDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI2-09-2026, 11:12
2023-2024 yangi o'quv yili boshlandi4-09-2023, 23:04