Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

14-03-2026, 14:29
3
Yig‘ilishda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh mehnat huquq inspeksiyasi vakili O. Adilov hamda kasaba uyushmasining Xorazm viloyati kengashi raisi R. Sheniyazov ishtirok etdi.Kun tartibidagi uchta masala muhokama qilinib, tomonlar ma’ruzalari hamda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiyaning jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, 2026 yil uchun jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi qoniqarli deb baholandi, komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi hamda 2026 yil uchun kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz