Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘ldi.
2026-yil 13-mart kuni Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’at Kamilovich Salayev Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi va muassasa pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv kun tartibidan o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish , muassasaning ilmiy-pedagogik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda horijiy hamkorlik masalalari o‘rin oldi.S.K.Salayev tomonidan pedagogik jamoa oldiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o‘zlashtirgan, kamida bitta xorijiy tilni mukammal biladigan raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, muassasada ma’naviy-ma’rifiy muhitni barqaror saqlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan aniq tavsiyalar berildi."Bugungi tibbiyot xodimi nafaqat mahoratli mutaxassis, balki jahon andozalariga javob bera oladigan bilim va dunyoqarashga ega bo'lishi shart," — deb ta’kidladi San’at Salayev.
Tadbir yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida muassasaning kelgusi faoliyat rejasi belgilab olindi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
#yoshlar kuni13-03-2026, 14:21
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.10-02-2026, 13:00
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Urganch Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashdi23-04-2025, 17:37
BMT vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi16-05-2025, 21:00
Ta’lim muassasamizda Navro'z bayrami shukuhi kezmoqda17-03-2025, 15:00











