Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Samarali boshqaruv va kuchli jamoa — har qanday islohot muvaffaqiyatining asosidir

Samarali boshqaruv va kuchli jamoa — har qanday islohot muvaffaqiyatining asosidir

28-02-2026, 13:12
14
Kasbiy ta’lim agentligi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat
dasturi to‘g‘risida” PF–22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash,kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilishi
belgilangan islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risida o‘tkazilgan mazkur seminar bilim va tajriba almashish bilan birga, yangi g‘oyalar va tashabbuslar maydoniga aylandi.
Jamoaviy ishlash shaklida tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar hamda ilg‘or boshqaruv amaliyotini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur seminar-trening natijalari kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali joriy etish, ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz